Nig‘matulla Yo‘ldoshev Bosh prokuror lavozimiga yangi muddatga maʼqullandi

Nig‘matulla Yo‘ldoshev Bosh prokuror lavozimiga yangi muddatga maʼqullandi

21.06.2024 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod maʼqullandi

oW8OpghhsEFYjWubdPSKbWCh1On2nC

Foto: Senat.uz

Maʼlumki, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95 hamda 109-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod Prezident tomonidan taqdim etiladi va Senat yalpi majlisida senatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shunga asosan Senatning 53-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga taqdim etilgan Nig‘matulla To‘lqinovich Yo‘ldoshevning nomzodi ko‘rib chiqildi hamda maʼqullandi.