Xitoyda pasport nazoratidan qanday o'tish kerak - video ko'rsatmalar

Iyun oyining boshidan Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida vizasiz rejim amal qilmoqda. Bu ishbilarmonlik va sayyohlik safarlariga sezilarli turtki berdi: O‘zbekiston fuqarolari tobora ko‘proq chegarani kesib o‘tib, Xitoyga yo‘l olmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi Migratsiya ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi vakillari Xitoyga kirishda pasport nazoratidan o‘tish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar aks ettirilgan videolavha tayyorladi. Videoda hujjatlarni qanday tayyorlash, tekshirish qanday amalga oshirilishi va chegaradagi vaqtni qisqartirishga nima yordam berishi aniq ko'rsatilgan.