Qibray tumanida fuqaroning 37 bosh qora molini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar M.X., S.X. (muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan) va boshqalar fuqaro O.T.ning ishonchiga kirib, uning 131 bosh qora molini sotib berishga kelishib, shundan 50 bosh qora moli uchun 1 mlrd so‘m berib, bozor bahosi 814 mln so‘m bo‘lgan 37 bosh qora molni boshqa shaxslarga sotib, O.T.ning pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.   

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.