Kanada AQSH tovarlariga javob bojlari joriy qiladi

03.02.2025 00:00 Dunyo 6

Tramp Tryudo

foto:informers.rs

Kanada AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan uning tovarlariga joriy etilgan 25 foizlik bojga javoban xuddi shunday choralar ko‘radi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma‘lum qildi.

AQSHdan keltirilayotgan 155 milliard Kanada dollari (106,5 milliard AQSH dollari) qiymatidagi mahsulotlarga 25 foizli boj solinadi. 4-fevraldan 30 milliard Kanada dollari miqdoridagi mahsulotlarga nisbatan, undan uch hafta o‘tgach esa qolgan summaga nisbatan choralar kuchga kiradi. Amerika bojlari ham 4-fevraldan amal qila boshlaydi.