Toşkent şahrida kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş doirasida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida zararli dasturlar yaratiş va fişing havolalari orqali fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlarini qölga kiritiş bilan şuğullanganlikda gumon qilinayotgan şaxslar faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, birinçi gumonlanuvçining yaşaş xonadonidagi kompyuter va mobil telefon tekşirilganda, u Telegram foydalanuvçilariga zararli APK-fayllar hamda fişing havolalarini yuborib kelgani aniqlangan.
Mazkur fayllar orqali foydalanuvçilarning şaxsiy maʼlumotlari, telefon raqamlari va bank kartalariga oid axborotlarni qölga kiritiş imkoniyati yaratilgan.
Şuningdek, gumonlanuvçi “Omad Şou” va “Soliq” logotiplaridan foydalanib, fuqarolarning Telegram akkauntlarini buzib kiriş va özlaştirişga qaratilgan soxta havolalarni tarqatgan.
Tekşiruv jarayonida uning jami 2 795,13 USDT, yaʼni qariyb 33,4 million sömlik kriptoaktivlarni qölga kiritib, mablağlarni boşqa bank kartalariga ötkazgani maʼlum bölgan.
Tezkor tadbir davomida yana bir fuqaroga tegişli mobil telefon ham tekşirilgan. Uning yaşirin veb-saytlar orqali zararli APK-fayllar yaratiş bilan şuğullangani aniqlangan.
Mazkur şaxs bilan boğliq 12 ta tranzaksiya qayd etilgan bölib, ularning umumiy qiymati 4 202 USDT, yaʼni taxminan 50,2 million sömni taşkil etgan.
Tadbir davomida barça texnik qurilmalar va elektron maʼlumotlar daliliy aşyo sifatida olib qöyilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, gumonlanuvçilarning noqonuniy harakatlari oqibatida respublika hududidagi minglab fuqarolar jabr körgan bölişi mumkin.
Holat yuzasidan har ikki şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278⁶-moddasi — “Zarar keltiruvçi dasturlarni yaratiş, işlatiş yoki tarqatiş” bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.