Jizzax viloyatida 450 mln sömlik yarim tayyor quyma oltinning noqonuniy savdosiga çek qöyildi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, bojxona boşqarmasi xodimlari DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi.
Unda kuzatuvga olingan ikki nafar fuqaro umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni xaridorga 450 mln sömga sotayotgan vaqtda töxtatib qolindi. Qimmatbaho metall aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.