Xitoyning Sindao şahrida Butunjahon yelkanli sport federatsiyasi (World Sailing) Boş assambleyasi bölib ötdi. Unda bir qator milliy federatsiyalarning taşkilotga tölaqonli aʼzolikka qabul qilinişi masalasi körib çiqildi.

Ovoz beriş natijalariga köra, Özbekiston yelkanli sport federatsiyasi 95,08 foiz ovoz bilan World Sailinğga tölaqonli aʼzo böldi.
Yangi maqom milliy federatsiyaga World Sailinğning rivojlaniş dasturlaridan foydalaniş imkonini beradi. Şuningdek, endilikda özbekistonlik sportçilar Olimpiya öyinlariga saralaş musobaqalarida iştirok etişlari mumkin.