Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari va ularning ustozlariga 17 milliard söm mukofot berildi

22.11.2026 18:40 O'zbekiston 4309 ipaknews

Bugun, 21-noyabr kuni taşkil etilgan tadbirda xalqaro olimpiadalar ğoliblari va ularni tayyorlagan pedagoglarga belgilangan tartibda pul mukofotlari topşirildi. Bu haqda Taʼlim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2026-yilda Özbekiston öquvçilari 29 ta xalqaro olimpiadada iştirok etib, jami 257 ta medalni qölga kiritgan. Ularning 44 tasi oltin, 93 tasi kumuş va 120 tasi bronza medallaridir.

Öquvçilarning xalqaro olimpiadalardagi natijalari yildan-yilga oşib bormoqda. Jumladan, 2019-yilda 29 ta, 2020-yilda 26 ta, 2021-yilda 41 ta, 2022-yilda 45 ta, 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta va 2025-yilda 210 ta medal qölga kiritilgan.

Hududlar kesimida eng köp medal Toşkent şahri öquvçilari hissasiga töğri kelgan. Ular 102 ta medalni qölga kiritgan. Keyingi örinlarda Navoiy va Buxoro viloyatlari 23 tadan, Xorazm viloyati 16 ta hamda Namangan viloyati 15 ta medal bilan qayd etilgan.

Joriy yilda özbekistonlik yoşlar xalqaro maydonda bir qator natijalarga ham erişdi. Xususan, Qozoğistonda ötkazilgan Xalqaro sunʼiy intellekt olimpiadasida ilk bor iştirok etib, 1 ta kumuş va 2 ta bronza medalini qölga kiritdi. Gretsiyada bölib ötgan Xalqaro Bolqon matematika olimpiadasida esa 5 ta oltin medalga sazovor böldi.