Yurtimizda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlarini yaratiş va aholi farovonligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar öz samarasini bermoqda. Xususan, purviqor toğlar bağridagi sölim va betakror Zomin tumanida ham bu borada salmoqli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Tumanning “Qörğon” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan “Yoşlar texnoparki”da yana bir zamonaviy korxona öz faoliyatini boşladi. “SWEET BARAKA HOUSE” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan qandolat mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş loyihasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi.
-Umumiy qiymati bir milliard sömni taşkil etuvçi mazkur loyiha asosida korxonamizga Germaniya va Italiya davlatlarida işlab çiqarilgan eng sönggi rusumdagi zamonaviy texnologik liniyalarni örnatdik, - deydi korxona rahbari Hamid Xöjabekov. – Ayni paytda 50 nafar xotin-qizlar va yoşlar muqim iş örinlariga ega böldi, galdagi vazifamiz mahsulotlar turi va işlab çiqariş hajmini oşirib, şokoladli aralaşmali mahsulotlarni köpaytiriş va öz brendimizni yaratişdan iboratdir.
Ayni vaqtda korxonada kuniga 15 turdan ortiq qandolat mahsulotlari, jumladan bolajonlar sevib isteʼmol qiladigan peçenyelarning ham bir qator şakl va hajmdagi turlari tayyorlanmoqda. Korxonaning yillik işlab çiqariş quvvati 500 tonnani taşkil qilib, uni köpaytiriş va yangi liniyalarni olib keliş böyiça işlar olib borilmoqda.