11
11

Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etdi

29.10.2026 21:30 O'zbekiston 4046 ipaknews TIV

Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti arafasida Anqara şahrida bölib ötayotgan Turkiy davlatlar taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etdi.

Yiğiliş davomida bölajak sammitga tayyorgarlik jarayonlari, şuningdek, Taşkilot doirasidagi köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş, erişilgan kelişuvlarni amaliy natijalar bilan boyitiş, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, transport-logistika boğliqligini kuçaytiriş hamda madaniy-gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4
Gallery 5
Gallery 6
Gallery 7
Gallery 8
Gallery 9

Şuningdek, siyosiy va huquqiy hamkorlik asoslarini mustahkamlaş, sanoat kooperatsiyasi va strategik muhim resurslar sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt yönalişlarida qöşma taşabbuslarni ilgari suriş muhimligiga eʼtibor qaratildi.

"Global çaqiriqlar kuçayib borayotgan bugungi şaroitda turkiy davlatlarning birdamligi, özaro işonç va hamjihatligi mintaqada tinçlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlaşning muhim omili hisoblanadi", — deydi Baxtiyor Saidov.