Instagram ijtimoiy tarmoği 90 daqiqagaça bölgan videolarni joylaş imkonini beruvçi yangi funksiyani işlab çiqmoqda, deb xabar berdi BILD naşri.
Bildirilişiça, 26-oktyabr kuni kompaniya rahbari Adam Mosseri va mahsulotlar böyiça vitse-prezident Tessa Layons uşbu taşabbus haqida maʼlum qilgan. Kompaniya şu orqali podkastçilar, komiklar va uzun formatli kontent yaratuvçilarini jalb qilişni, şuningdek, YouTube bilan raqobatni kuçaytirişni istayapti.
Dastlab yangi funksiya Braziliyada sinovdan ötkazilgan. Endi esa u AQŞdagi ayrim kontent yaratuvçilari uçun ham oçilişi rejalaştirilgan. Boşqa mamlakatlarda qaçon işga tuşirilişi hozirça maʼlum emas. Yangi format Instagramʼning Reels qisqa videolari bilan boğlanadi. Masalan, foydalanuvçi podkast yoki körsatuvning qisqa parçasini tomoşa qilib, keyin ilovaning özidan çiqmagan holda uning töliq versiyasiga ötişi mumkin böladi.
Uzun videolarni tavsiyalar va yangi kontentni topiş bölimida ham namoyiş etiş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, videolarni gorizontal formatda, jumladan, televizor ekranlarida ham tomoşa qiliş imkoniyati közda tutilgan. Instagram avval ham uzun videolar bozoriga kirişga uringan. Kompaniya 2018-yilda IGTV xizmatini işga tuşirgan, ammo 2022-yilda uni yopgan. Endi esa platforma qisqa roliklar va uzun davomli videolarni yagona muhitda birlaştirişga yana bir bor harakat qilib körmoqda.
Yangi funksiyaning muvaffaqiyati Instagramʼga podkastlar, köngiloçar körsatuvlar va boşqa uzun formatli kontentlarni kengroq tarqatiş imkonini berişi mumkin. Şuningdek, foydalanuvçilarning boşqa platformalarga ötib ketmasdan, Instagramʼning özida köproq vaqt ötkazişiga erişiş kompaniyaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.