“Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–358-son, 02.10.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, yuqoridagi OTMlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga oʻtkazilishi belgilandi.
Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalar yuklandi:
• yagona konseptual yondashuv asosida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;
• pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
• pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash;
• pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
• pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.