11
11

Milliy taʼlim mazmuni xorijiy standartlar bilan uygʻunlashtiriladi

Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilgʻor standartlarga asoslangan milliy taʼlim dasturlarini ishlab chiqishga oʻtadi. INHA va Arxitektura universitetlari Britaniya standarti asosida shunday dasturlarni yoʻlga qoʻyib, talabalarga oʻqishni bir nechta xorijiy oliygohda davom ettirish imkonini yaratdi.

Mazkur tajriba yoshlarga xalqaro talabga javob beradigan bilim, malaka va diplom berayotgani taʼkidlandi. Kelasi yildan yana 20 ta oliygohda shunday yondashuv joriy etiladi.

Prezidentimiz ushbu universitetlar rektorlaridan dunyoqarashni oʻzgartirish, boshqaruv tizimini hozirdan moslashtirish va xalqaro dasturlar bilan ishlaydigan alohida tuzilmalar tashkil qilishni talab qildi.

Maqsad – xorijiy standartlarni milliy taʼlim mazmuni bilan uygʻunlashtirib, talabaga jahonda tan olinadigan tayyorgarlik berish.