11
11

“Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari maʼlum qilindi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari maʼlum qilindi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.

“Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan «Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir», — deyiladi vazirlik xabarida.

Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun, joriy yilgi tanlovda Respublika boʻylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etdi. Ulardan 208 nafar pedagog gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.