2026-yil 1-sentyabr holatiga Oʻzbekistonda 613,5 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, mavjud korxona va tashkilotlarning soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 55,4 mingtaga yoki 9,9 foizga oshgan. 2025-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, bu koʻrsatkich 558,0 mingtani tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri — 116 818 ta;
Toshkent viloyati — 58 299 ta;
Samarqand viloyati — 56 529 ta;
Fargʻona viloyati — 51 771 ta;
Qashqadaryo viloyati — 47 447 ta;
Andijon viloyati — 37 546 ta;
Buxoro viloyati — 37 187 ta;
Namangan viloyati — 35 749 ta;
Xorazm viloyati — 35 495 ta;
Surxondaryo viloyati — 34 107 ta;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 31 297 ta;
Jizzax viloyati — 28 263 ta;
Navoiy viloyati — 25 251 ta;
Sirdaryo viloyati — 17 693 ta.