Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-avgust holatiga mamlakatda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 20 973 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar eng koʻp Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, ularning soni 13 114 tani tashkil qilgan.
Keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyatida 2 901 ta, Samarqand viloyatida 754 ta, Fargʻona viloyatida 659 ta va Surxondaryo viloyatida 630 ta korxona roʻyxatga olingan.
Shuningdek, Andijon viloyatida 519 ta, Buxoro viloyatida 449 ta, Sirdaryo viloyatida 341 ta, Navoiy viloyatida 335 ta, Namangan viloyatida 331 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona faoliyat yurityapti.
Bundan tashqari, Jizzax viloyatida 283 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 258 ta, Xorazm viloyatida 214 ta hamda Qashqadaryo viloyatida 185 ta shunday korxona qayd etilgan.