11
11

Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 9 oyda 65,4 mlrd dollarga yetdi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 65,4 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi.

Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, uşbu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,9 mlrd AQŞ dollariga yoki 6,3 foizga oşgan.

Taşqi savdo aylanmasi hajmida eksport uluşi 25,8 mlrd (–5,5 foiz) AQŞ dollari, import uluşi esa 39,6 mlrd (+15,7 foiz) AQŞ dollarini taşkil etgan. Natijada taşqi savdo aylanmasida 13,7 mlrd AQŞ dollari miqdorida manfiy saldo qayd etilgan.

Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 13,3 mlrd AQŞ dollarini taşkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 31,6 foizga ösgan. Mazkur davrda Özbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirgan.

Taşqi savdo aylanmasida eng yuqori uluş Xitoy (23,2 foiz), Rossiya Federatsiyasi (16 foiz), Qozoğiston (6,5 foiz), Turkiya (3,4 foiz) va Afğoniston (2,4 foiz) hissasiga töğri kelgan.