2025-yilda Oʻzbekistonda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirgan mutaxassis-tadqiqotchilar soni 43,1 ming nafarga yetdi. Bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 9,5 ming nafarga yoki 28,3 foizga oshgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga jami 1 680,6 milliard soʻm mablagʻ sarflangan. Mazkur koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 106,5 milliard soʻmga yoki 6,8 foizga koʻpaygan.
Tadqiqotchilar tarkibida ayollar 17,4 ming nafarni tashkil etib, jami mutaxassis-tadqiqotchilarning 40,4 foiziga teng boʻlgan. Erkaklar soni esa 25,7 ming nafarni yoki 59,6 foizni tashkil etgan.