2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonga 29 ta davlatdan qiymati 920,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 65 876 dona yengil avtomobil import qilingan.
Import qilingan yengil avtomobillar turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
elektrda harakatlanuvchi yengil avtomobillar — 46 749 dona;
benzinda harakatlanuvchi yengil avtomobillar — 10 987 dona;
gibrid (benzin va elektr) yengil avtomobillar — 8 077 dona;
boshqa turdagi yengil avtomobillar — 63 dona.
Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy — 63 039 dona;
AQSH — 765 dona;
Koreya Respublikasi — 737 dona;
Yaponiya — 345 dona;
boshqa davlatlar — 990 dona.