2026-yilning yanvar mart oylarida Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan 721 kishi doimiy yashash maqsadida koʻchib kelgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Xorijdan doimiy yashash uchun mamlakatimizga koʻchib kelganlarning asosiy qismi rossiyaliklar hissasiga toʻgʻri kelib, umumiy koʻrsatkichning 34,1 foizini tashkil etgan.
Shuningdek, Qozogʻistondan koʻchib kelganlar 19,7 foizni, Tojikistondan 12,2 foizni, Qirgʻiz Respublikasidan 4,9 foizni, Turkmanistondan 3,7 foizni hamda boshqa davlatlar 25,4 foiz ulushga ega.
Oʻzbekistonga koʻchib kelganlar hududlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Toshkent shahriga toʻgʻri kelib, 454 nafarni tashkil qilgan. Bundan tashqari, Toshkent viloyatiga 126 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 56 nafar, Samarqandga 14 nafar, Fargʻona va Xorazm viloyatiga 11 nafardan, Sirdaryoga 10 nafar, Navoiyga 9 nafar, Buxoroga 8 nafar, Andijonga 6 nafar, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlariga 5 nafardan hamda Qashqadaryo viloyatiga 1 nafar xorijlik doimiy yashash uchun koʻchib kelgan.