Oʻzbekistonda 10 yoshdan katta aholining 97,3 foizi internetdan foydalanadi

Milliy statistika qoʻmitasining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonda 10 yosh va undan katta aholining 97,3 foizi internetdan foydalangan.

Mazkur koʻrsatkich 2021-yildagi 76,6 foizga nisbatan 20,7 foiz punktga oshgan.

Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta aholi ulushi yillar kesimida quyidagicha oʻzgargan:

• 2021-yil — 76,6 foiz;

• 2022-yil — 83,9 foiz;

• 2023-yil — 89,0 foiz;

• 2024-yil — 93,3 foiz;

• 2025-yil — 94,6 foiz;

• 2026-yil yanvar–avgust — 97,3 foiz.

Shu tariqa, soʻnggi besh yilda Oʻzbekistonda 10 yosh va undan katta aholining internetdan foydalanish darajasi qariyb 1,3 baravarga oshgan.