Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

“Oʻzgidromet” 5-6-sentyabr, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun, 4 -5-sentyabr kunlari harorat foni deyarli oʻzgarmaydi, respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 28-33 daraja, janubda 35 darajagacha, Fargʻona vodiysida 23-28 daraja atrofida saqlanib turadi. Harorat asosan kechalari va erta tongda 13-18 daraja boʻladi. 6-sentyabr kuni esa harorat 2-3 darajaga koʻtarilishi kutilmoqda.

Bugun va ertaga shimol, janub va choʻl hududlarining baʼzi joylarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

Toshkentda havo asosan biroz bulutli boʻldi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi 30 daraja, shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja atrofida boʻladi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 16-18 daraja boʻladi.