Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri ShHT bosh kotibi lavozimiga nomzod etib ko‘rsatildi

21.05.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

nurlan_ermekbaev_shos1

foto: ShHT kotibiyati.

Qozog‘iston vakilining ShHT kotibiyati rahbari lavozimiga nomzodligi ShHT rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tashkilotning hozirgi bosh kotibi Chjan Minning nutqida keltirilgan.

"Men hurmatli hamkasbim, bosh kotib o‘rinbosari janob Nurlan Yermekbayev Qozog‘iston tomonidan ShHTning 8-bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilganidan faxrlanaman va bundan xursandman", degan Chjan ming yig‘ilishda so'zlagan nutqida.

Nurlan Yermekbayev tajribali siyosatchi va yuqori professional darajadagi diplomat, siyosat, xavfsizlik va diplomatiya sohasida boy tajribaga ega, shuningdek, mukammal boshqaruv ko‘nikmalariga ega, u ShHTga a‘zo davlatlarning ishonchini oqlashiga ishonch bildiraman,deya takidlagan Chjan Ming. 

N. Yermekbayev 61 yoshda. U sobiq ittifoq mudofaa vazirligi tizimida, so'ngra Qozog‘istonda turli lavozimlarda xizmat qilgan. Qozog‘istonning bir qator mamlakatlarda, shu jumladan Xitoyda diplomatik missiyalarini boshqargan, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimini egallagan. Prezident ma‘muriyatida ishlagan, Qozog‘iston xavfsizlik Kengashining kotibi bo'lgan. Mudofaa vaziri lavozimidan ketgandan so‘ng, 2023 yil yanvar oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Siyosiy fanlar nomzodi, bir necha o‘nlab maqolalar muallifi, "Qozog‘iston va dunyo mamlakatlari"kitobining hammuallifidir. Diplomatik martabaga ega favqulodda va Muxtor elchi. Rus, xitoy, ingliz tillarini biladi.

Bosh kotib tashkilotning doimiy ijro etuvchi organi bo'lgan ShHT kotibiyatiga rahbarlik qiladi. Uning nomzodi tashqi ishlar vazirlari Kengashining taqdimnomasiga binoan davlat rahbarlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bosh kotib az‘o davlatlar fuqarolari orasidan rotasiya asosida a‘zo davlatlar nomlarining rus alifbosi tartibida keyingi muddatga uzaytirish huquqisiz uch yil muddatga tayinlanadi.