“O‘zgidromet” 8 aprelga oid ob-havo prognozini e’lon qildi. Uning natijalariga ko‘ra, chorshanba kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzgi harorat esa 14-16 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzgi harorat esa 15-20 daraja, ba’zi joylarda 23 darajagacha bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzgi harorat esa 15-20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzgi harorat esa 13-18 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzgi harorat esa 18-23 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzgi harorat esa 13-18 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi va kunduzgi harorat 3-8 daraja iliq bo‘ladi.