Dam olish kunlari havo harorati qanday boʻladi?

Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 37-40 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 41-43 darajagacha boʻladi.

Yakshanba kuni issiq biroz kuchsizlashadi, ammo hozircha uncha sezilarli boʻlmasada, lekin harorat 2-3 darajaga pasayadi. Harorat asosan kechalari 21-26 daraja boʻladi.

Shu kunlarda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat bugun kunduzi respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari bugun va ertaga 38-40 daraja, yakshanba kuni esa 36-38 daraja boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10-14 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.