Kecha, 28 mart kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida qat’iy sel oqimi kuzatildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand meteostansiyasi va Urgut gidropostida qattiq yomg‘ir (soat 20:02 dan 21:00 gacha 58 daqiqa mobaynida 5,8 mm) ro‘y bergan.
Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ayrim ko‘chalarda suv to‘lib chiqishi kuzatildi, mahalliy aholi esa ehtiyotkorlikka chaqirildi.
Samarqandda kuchli sel oqimlari yo‘llarni bosdi