Oʻzbekistonda botanika bogʻlariga tashriflar soni 3,8 barobarga oshdi

2026-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 3 ta botanika bogʻi faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, mamlakatimizda mavjud botanika bogʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro viloyati va Toshkent shahrida joylashgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda botanika bogʻlarining umumiy maydoni 6 gektarga oshib, 113,3 gektarni tashkil etgan.

Yil davomida botanika bogʻlariga tashriflar soni 1 mln 170 mingtaga yetgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 3,8 barobarga oshgan.