Hukumat qarori bilan “Respublika darajasidagi davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklarida maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizomga koʻra, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti maslahatchilarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi.
Maslahatchi Departament bilan kelishilgan holda tegishli davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Quyidagilar maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari huzurida davlat tilini rivojlantirish va geografik obyektlarni nomlash borasidagi masalalarni koʻrib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining davlat tilini va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada rivojlantirishga oid buyruq, qaror va koʻrsatmalari ijrosini nazorat qilish va boshqalar.
Maslahatchining hisobotlari Departament tomonidan 1-yilda kamida 1-marta, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining yigʻilishlarida esa har chorakda muntazam eshitib boriladi va natijasi boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.