2026-yilning yanvar–iyun oylarida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan 651,3 ming nafar isteʼmolchiga jami 179,2 mlrd soʻmga yaqin ijtimoiy keshbek toʻlab berildi.
Soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, hisobot davrida 6 mlndan ortiq xarid cheki boʻyicha keshbek hisoblangan. Birgina iyun oyida esa 139,4 ming nafar foydalanuvchiga 603,4 mingta chek asosida 5,1 mlrd soʻmdan ziyod ijtimoiy keshbek toʻlangan.
Hududlar kesimida eng katta toʻlov Andijon viloyati hissasiga toʻgʻri kelib, 96,3 mlrd soʻmlik ijtimoiy keshbek qaytarilgan. Keyingi oʻrinlarni Toshkent shahri (15,2 mlrd soʻm) va Samarqand viloyati (14 mlrd soʻm) egallagan.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim turdagi mahsulotlarni xarid qilganda odatdagi 1 foizlik keshbek oʻrniga xarid summasidan 12 foiz qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) miqdoridagi ijtimoiy keshbekni qaytarib olish huquqiga ega.