Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashg‘ar shahriga tashrif buyurdi.
Uch kun davomida jurnalistlar shaharning boy tarixiy-madaniy merosi, turizm sohasi, an’anaviy hunarmandchilik va mintaqaning zamonaviy iqtisodiy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif dasturidan Qashg‘arning Eski shahri hamda Syanfeyyuan sayyohlik majmuasiga ekskursiyalar o‘rin oldi. Bu yerda mehmonlarga shahar tarixi va madaniy turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Yingshisha tumanida delegatsiya Davoz san’atini asrash markazi, kulollar qishlog‘i hamda an’anaviy pichoq yasash ustaxonasiga tashrif buyurdi. Jurnalistlar ushbu maskanlarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, delegatsiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi hamda Xitoy (Shinjon) tajriba erkin savdo zonasi Qashg‘ar hududi ko‘rgazma markazida bo‘ldi. Bu yerda ularga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, transchegaraviy savdo, logistika va investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlaridagi loyihalar taqdim etildi.

Tashrif yakunida Turkiya OAV vakillari Qashg‘arning boy tarixiy-madaniy merosi bilan bir qatorda turizm, sanoat va tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, ular madaniyat, turizm va savdo sohalarida Turkiya hamda Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik bundan buyon ham kengayib borishiga umid bildirdi.