O'zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi

14.03.2024 00:00 O'zbekiston 8

O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Qayumov Singapurga yetib keldi va o'z vazifasini bajarishga kirishgan.

1710409768035_13jpg

Diplomat 2017-yildan buyon O'zbekistonning Berlindagi elchixonasida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 54 yoshli diplomat Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Uzoq yillar davomida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida hamda Germaniyadagi elchixonada savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchi sifatida ishlagan.

Elchixona maslahatchisi sifatida u Avstriya va Venadagi xalqaro tashkilotlardagi diplomatik missiyani boshqargan. Xususiy biznesda, jumladan, xorijda ishlash tajribasiga ega.