Xitoyda 44 yoshli erkak avtomobil boshqarib ketayotganda insultni boshdan kechirdi. U zudlik bilan shifoxonaga olib borildi va shifokorlar ko‘rsatgan tezkor tibbiy yordam tufayli bemorning ahvoli barqarorlashtirildi.
Erkak davolanayotgan paytda uning turmush o‘rtog‘i doim yonida bo‘ldi. Shu sababli sotuv uchun olib ketilayotgan 4 tonna olma qarovsiz qoldi. Issiq ob-havo tufayli mevalar tez buzilib ketishi va oilaga katta moliyaviy zarar yetkazishi mumkin edi.
Vaziyatdan xabar topgan shifoxona xodimlari yordam tashabbusini yo‘lga qo‘ydi. Shifokorlar, hamshiralar, kuryerlar, blogerlar va mahalliy aholi mahsulot haqida ma’lumot tarqatish hamda olma xarid qilishda faol qatnashdi. Natijada ertalabga borib 4 tonna olmaning barchasi sotib bo‘lindi.