Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini shakllantirdi

02.05.2025 00:00 Dunyo 6

Tramp boj

Xitoy 125 foizlik boj qo‘llanmaydigan AQShda ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatini tayyorladi va tegishli kompaniyalarni xabardor qilmoqda. Bu haqda Reuters 30 aprel, chorshanba kuni ikki manbaga tayangan holda xabar berdi.

Amerika dori vositalarini sotuvchi farmatsevtika kompaniyasida ishlaydigan agentlik manbalaridan biri Xitoy rasmiylari ro‘yxat bo‘yicha uning kompaniyasi bilan shaxsiy aloqaga chiqqanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, kompaniya bir qator dori vositalarini ishlab chiqarishda Amerika texnologiyalaridan foydalangani uchun avvalroq bojlardan ozod qilishni so‘ragan.

Boshqa bir manba ta’kidlashicha, Xitoyning sharqiy mintaqasida rasmiylar bir guruh xorijiy biznes lobbichilaridan xavflarni baholash uchun «tariflar keskinligi tufayli yuzaga kelgan barcha muhim vaziyatlar haqida xabar berishni» so‘ragan. Bundan tashqari, janubi-sharqdagi to‘qimachilik va chip ishlab chiqaruvchilarga AQSh va Xitoy tomonidan joriy qilingan tariflarning ta’sirini baholash uchun so‘rovnoma yuborildi.