Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gvineya-Bisau Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va jamiyatlar vaziri Fatumata Jau bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Gvineya-Bisau oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, siyosiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini shakllantirish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
“BMT va Qoʻshilmaslik harakati doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldik”, — deydi Oʻzbekiston TIV rahbari.