Oʻzbekiston “Men professionalman” xalqaro fan olimpiadasida gʻolib chiqqan yagona xorijiy davlat boʻldi

Moskvaning “Rossiya” milliy markazida “Men professionalman” xalqaro talabalar olimpiadasi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Oliy mukofot — oltin medal bilan MISIS Olmaliq filiali talabasi Daniil Yermakov taqdirlandi.

Uning gʻalabasi Oʻzbekiston xalqaro akademik hamkorligi va yoshlarni kasbiy tayyorlash milliy tizimi yuqori choʻqqilarni zabt etayotganligining yorqin ramziga aylandi. Gʻolibga mukofotni filial direktori Farhod Umarov topshirdi.

Oʻzbekiston ushbu keng miqyosdagi fan musobaqasida ishtirok etgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yagona xorijiy davlat boʻlganligi gʻalabaga alohida tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Bu yutuq olimpiadaning xalqaro ishtirok uchun ochiqligini va Hamdoʻstlik davlatlarning taʼlim tizimlarida tarbiyalanayotgan isteʼdodlarning yuqori darajasini koʻrsatadi.

“D.Yermakovning gʻalabasi intellektual musobaqalar yoshlarni birlashtirib, umumiy kasbiy makonni shakllantirishiga misol boʻla oladi”, — deydi filial direktori Farhod Umarov.