Joriy yilning 29-iyun kuni Indoneziya Respublikasi Xalq maslahati kengashi Raisi Ahmad Muzani boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, Indoneziya parlamenti aʼzolari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyati bilan tanishadi hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir tadbirlarda ishtirok etadi.
Delegatsiya aʼzolari Buxoro va Samarqand viloyatlarining tarixiy-madaniy merosi, ziyoratgohlari hamda sanoat va turizm salohiyati bilan tanishishi ham nazarda tutilgan.