Shaharsozlik renovatsiyasi sohasidagi munosabatlar tartibga solindi

2026-yil 10-iyun kuni “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–1149-son qonun qabul qilindi.

Ushbu qonunga koʻra, shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagilar asos boʻladi:

• shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yashash va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib, avariya holatiga kelib qolganligi;

• hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir qiladigan holatlarning mavjudligi.

Shaharsozlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:

• mavjud obyektni asosiy konstruksiyasini oʻzgartirmasdan rekonstruksiya qilish;

• mavjud obyektni buzish va boʻshagan yer uchastkasida buzilgan obyekt toifasidagi yangi obyektni qurish;

• yashil hududlarni va boshqa hududiy zonalarni tashkil etish.

Shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish boʻyicha taklif quyidagi subyektlar tashabbusiga koʻra kiritilishi mumkin:

• davlat tashabbusiga koʻra;
• huquq egalarining tashabbusiga koʻra;
• uchinchi shaxslarning tashabbusiga koʻra.

Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharsozlik renovatsiyasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.