Iyun oyining ilk kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

“Oʻzgidromet” 1-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° dan 19-24° gacha oʻzgarib turadi, kunduzi 30-35° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24° gacha koʻtariladi, kunduzi 30-35° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24° gacha koʻtariladi, kunduzi 30-35° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24° gacha koʻtariladi, kunduzi 33-38° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° kunduzi 28-33° boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° boʻladi, kunduzi 13-18° dan 17-22° gacha oʻzgarib turadi.