Qurbon hayiti arafasida 521 nafar bolaga 200 dollardan hayitlik berildi
Namangan viloyatida Qurbon hayiti munosabati bilan davlat qaramog‘idagi yuzlab bolalarga moddiy ko‘mak ajratildi. Bu xayrli tashabbus ko‘plab oilalar va bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Prezidentning Qurbon hayiti munosabati bilan aholini qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini kengaytirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida mamlakat bo‘ylab bir qator ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbus asosida yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar hamda Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning farzandlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish belgilangan.
Xususan, Namangan viloyatidagi 521 nafar bolaning shaxsiy omonat hisobvaraqlariga 200 AQSH dollaridan mablag‘ o‘tkazildi. Bu esa ular uchun bayram oldidan munosib tuhfa bo‘ldi.