Adabiyot, madaniyat va sanʼat sohasida yaratilgan har bir mahsulot – ijodkorning intellektual mulki.
Lekin uni himoya qilish borasidagi ishlar ahvolidan ijodkorlar mutlaqo norozi ekani koʻrsatib oʻtildi.
“Har bir badiiy asar, musiqa, qoʻshiq muallifga daromad keltirishi kerak. Lekin mualliflik huquqi toʻliq himoya qilinmas ekan, ijod mahsulidan noqonuniy foydalanish va tarqatish holatlari toʻxtamaydi”, – dedi davlatimiz rahbari.
Raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt juda tez rivojlanyapti. Har bir asarning raqamli izini yaratib, bu orqali ijodkorlar huquqini kafolatli himoya qilish mumkinligi qayd etildi.
Mutasaddilarga mazkur masalaga aniq yechim topish va ijodkorlar rozi boʻladigan tizim qilish topshirildi.