Senatorlar “Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan uchrashdi

Joriy yilning 30-aprel kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzolari payshanba “Yoshlar kuni” doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yosh iqtidorli talabalari hamda professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida talabalarga Oliy Majlis yuqori palatasi faoliyati va uning vakolatlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil tadbirlari jarayoni haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, Senatda koʻrib chiqilayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazishda yoshlarning tutgan oʻrni yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Taʼkidlanganidek, bu kabi uchrashuvlar yosh va iqtidorli talabalarning parlament faoliyatiga qiziqishlarini oshirishga, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini kengaytirishga hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.