Toshkentning ayrim tumanlari 5 kunga issiq suv taʼminotisiz qoladi

Bugun, 27-apreldan 1-mayga qadar 7-IM hamda ToshIEM qozonxonalarida issiq suv taʼminoti rejali tarzda 5 kunga toʻxtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” issiqlik taʼminoti operatori xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, suv taʼminotidagi cheklovlar poytaxtning Yashnobod, Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur tumanlarini hamda Sergeli tumanining maʼlum qismlarini qamrab oladi.

Manzillar roʻyxati:

7-IM qozonxonasi (Yashnobod tumani):

Koʻchalar: Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Ohangaron yoʻli, Birlashgan 2-tor koʻchasi, Birlashgan 6-oʻtish koʻchasi, Choʻlpon, Asalobod, Nigora, Uysozlar 2-oʻtish koʻchasi, Quruvchilar, Uysozlar, Ohangrabo, Elbek, Parkent, Alimkent koʻchalari.

Daha va mavzelar: Tuzel-1, 2, 3, 4, Uysozlar-1, Asalobod-1, 2, Aviasozlar shaharchasi-1, 1a, 2, 3, 4 dahalari.

Mahallalar: Oʻrtamasjid, Uysozlar, Xosiyatli, Barkamol, Beshariq, Asalobod, Fazogir, Aviasozlar, Yashnobod, Tarnovboshi, Yanginur, Donishmand, Iltifot, Parvoz, Dilbogʻ, Birlashgan, Navroʻzobod, Qadriyat, Alimkent, Mahmur, Tong, Vatandosh, Al-Buxoriy, Mohinur, Tuzel, Amir Temur.

ToshIEM (TashTES):

Koʻchalar: Sharof Rashidov, Bobur, Shota Rustaveli, Glinka, Bogʻiboʻston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Oybek, Avliyoota, Mirobod, Fidokor, Shohjahon, Jamshid Shoshiy, Abdulla Avloniy, Belariq, Imom at-Termiziy, Oʻrikzor, Bogʻtepa 5-tor koʻchasi, Jiydazor 1-tor koʻchasi, Yakub Kolos, Chimkent, Buyuk Turon, Muqimiy, Seul, Askiya, Choʻponota, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bogʻiston, Samarqand Darvoza, Amir Temur, Navoiy, Qumariq, Yahyo Gʻulomov, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yoʻli, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Kichik Beshyogʻoch, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Moshtabib, Mustaqillik shoh koʻchalari.

Daha va mavzelar: M-7, Oqtepa dahalari, Chilonzor dahasi 1÷5, E, I, Oqtepa mavzelari. Qushbegi, Boshliq dahalari, Uchuvchilar shaharchasi.

Mahallalar (tumanlar kesimida):

Yakkasaroy tumani: Armugʻon, Qushbegi, Boshliq, Dilbuloq, Muhandislar, Yakkasaray, Toʻqimachi, Meros, Rakat, Shohjahon, Belariq, Rakatboshi, Tepa, Konstitutsiya, Yunus Rajabiy, Bogʻsaroy, Hamid Sulaymonov.

Mirobod tumani: Mirobod, Yangi Mirobod, Baynalminal, Salar, Abdulla Avloniy, Lolazor, Movaraunnahr, Ming oʻrik, Farovon, At-Termiziy, Afrosiyob, Sharof Rashidov.

Chilonzor tumani: Katta Doʻmbirobod, Gavhar, Doʻmbirobod, Katta Chilonzor-1, 2, 3, Novza, Chilonzor, Charx Kamolon-2, 3, Koʻrkam, Lutfiy, Botirma (bir qismi), Zarqoʻrgʻon (bir qismi).

Shayxontohur tumani: Katta Oqtepa, Olim Xoʻjayev, Charxnovza.

Yashnobod tumani: Choʻlpon, Toʻytepa.

Sergeli tumani: Uchuvchilar, Oltinvodiy.