Bugun, 2-noyabr kuni Toşkent şahrining töqqizta tumanidagi ayrim mahallalarda taʼmirlaş işlari sababli elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilişlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toşkent şahar hududiy filiali xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini oliş hamda isteʼmolçilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida quyidagi hududlarda taʼmirlaş işlari olib boriladi:
- Sergeli tumani: «Eski Jaloyir» MFY — soat 10:00 dan 16:00 gaça;
- Mirzo Uluğbek tumani: «Katta Qorasuv» MFY — soat 10:00 dan 16:00 gaça;
- Şayxontohur tumani: «Köh Ota» MFY — soat 10:00 dan 15:00 gaça;
- Çilonzor tumani: «Tirsakobod» MFY — soat 10:00 dan 16:00 gaça;
- Olmazor tumani: «Nihol» MFY — soat 10:00 dan 16:00 gaça;
- Yakkasaroy tumani: «Rakat» MFY — soat 10:00 dan 16:00 gaça;
- Uçtepa tumani: «Çamanzor» MFY — soat 10:00 dan 16:00 gaça;
- Bektemir tumani: «Oltintopgan», «Sohil», «Zabardast», «Nurli yöl» va «Musaffo» MFYlari — soat 10:00 dan 16:00 gaça;
- Yunusobod tumani: «Bobodehqon», «Şörtepa», «Sevinç», «Ahilobod», «Qadrdon», «Yurtobod» va «Uvaysiy» MFYlari — soat 13:00 dan 16:00 gaça.
Taʼkidlanişiça, taʼmirlaş işlari belgilangan vaqtdan oldinroq yakunlanişi ham mumkin. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toşkent şahar hududiy filiali vaqtinçalik uzilişlar tufayli yuzaga keladigan noqulayliklar uçun isteʼmolçilardan uzr söragan.