Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya loyihalari bilan ishlash boʻyicha yangi tizimga oʻtilishi belgilandi.
Faqat investitsiya olib kelib, loyihani ishga tushirish yetarli boʻlmasligi, balki har bir loyiha toʻliq ishlashi, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratib, tashqi bozorga chiqishiga, ish oʻrinlarini toʻliq saqlab qolishiga ham eʼtibor qaratiladi.
Buning uchun dasturga kirgan har bir loyihani ishga tushgandan keyin uch yil monitoring qiladigan “Yagona milliy loyiha boshqaruvi” platformasi yaratiladi.
Oʻtgan yili texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish, uskuna olib kelish, moliyalash, infratuzilma, yer masalasi vaqtida hal boʻlmagani uchun 55 ta yirik loyiha kechikkan.
Shu bois, bu yilgi investitsiya dasturi doirasida qiymati 165 milliard dollarlik 377 ta strategik loyiha alohida nazoratga olinadi.