Oʻzbekiston ilk bor “iqtisodiyoti moʻtadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi

Oʻtgan hafta Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eʼlon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali Oʻzbekiston kuchli va barqaror iqtisodiy oʻsishni saqlab qolayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz yana bir koʻrsatkichga eʼtibor qaratdi: joriy yil yurtimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pogʻona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti moʻtadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi.

“Buning uchun qanday qiyin va mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtganimizni bilganlar biladi. Umuman, yil boshidan erishilgan natijalar, koʻrsatkichlar mehnatimizga yarasha boʻldi. Lekin ishlamay quruq oylik olib oʻtirganlar ham ishlaganlar bilan «bitta poyezdda ketyapti”.

Zamon, iqtisodiyot va odamlar talabi kun sayin ortmoqda. Yilning uchdan biri oʻtib boʻldi. Afsuski, ayrimlar hali ham “uygʻongani yoʻq”, – dedi Prezidentimiz.