Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

Xalq bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini tizimli oʻrganish, ijobiy hal etish maqsadida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi Jamila Bobanazarova tomonidan Jizzax viloyatining qator hududlarida uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlar doirasida fuqarolar bilan bevosita muloqot oʻrnatilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha oʻrganildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, aholi bandligini taʼminlash, uy-joy masalalari, moddiy yordam ajratish, ichimlik suvi taʼminoti va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash kabi dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi, tegishli tashkilot va idoralar masʼullariga aniq topshiriqlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar esa senator tomonidan nazoratga olinib, ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.