O'zbekistonda maktablar soni so‘nggi 5 yilda 660 taga ko‘paygan
foto:Getty Image
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.
Umumta’lim muassasalari soni so‘nggi 5 yilda 660 taga oshgan.
Yillar kesimida umumta’lim muassasalari soni:
— 2018/2019 o‘quv yili boshiga – 9774 ta
— 2019/2020 o‘quv yili boshiga – 10090 ta
— 2020/2021 o‘quv yili boshiga – 10181 ta
— 2021/2022 o‘quv yili boshiga – 10289 ta
— 2022/2023 o‘quv yili boshiga – 10522 ta
— 2023/2024 o‘quv yili boshiga – 10750 ta
Umumta’lim muassasalari soni 1991/1992 o‘quv yili boshiga nisbatan 2193 taga oshgan.