Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi oldiga oʻrnatilgan reklama bannerlari demontaj qilindi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oʻtkazilgan monitoring natijasida bannerlar hech qanday ruxsatnomalarsiz oʻrnatilganligi aniqlangan.
Idora “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanganligini eslatib oʻtdi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda esa bunday obyektlarga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlganlik uchun jarima koʻzda tutilgan.
Masʼul shaxslarga ogohlantirish berildi. Davlat muassasalari va tadbirkorlar “merosga nisbatan hurmatni saqlashga” chaqirildi.