Toshkent shahrining uchta tumanida gaz taʼminoti qisman uziladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.
Bugun (10-aprel) mutaxassislar rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini olib boradilar.
Shu munosabat bilan quyidagi joylarda gaz taʼminoti toʻxtatiladi:
— Yangihayot tumanida, soat 11:00 dan 14:00 gacha: “Xushnud” mahallasi;
— Olmazor tumanida, soat 11:00 dan 16:00 gacha: “Miskin” mahallasi;
— Yunusobod tumanida, soat 11:00 dan 16:00 gacha: “Jomiy”, “Yangiariq”, “Turkqoʻrgʻon” va “Usta Shirin” mahallalari.