Senator BMT hamkorlik dasturi boʻyicha boshqaruv qoʻmitasining yigʻilishida ishtirok etdi

Toshkent shahrida BMTning Barqaror rivojlanish boʻyicha 2026–2030-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturini amalga oshirish boʻyicha Boshqaruv qoʻmitasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev ishtirok etdi.

Yigʻilishda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha 2021–2025-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi doirasida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangi hamkorlik yoʻnalishlari va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kelgusida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.